Shimoliy Amerikaning geosiyosiy xaritasi o‘zgarishi mumkinmi?
Donald Trampning Kanada, Grenlandiya, Panama kanali va Meksikaga bo‘lgan daʼvolari AQShning tarixiy imperialistik siyosati — "Manifest Destiny"(bu gʻoya yaʼni reja asosida Meksikadan Texas va Kaliforniya kabi hududlar tortib olingan urush qilinib )g‘oyasining zamonaviy davomi sifatida ko‘rilmoqda.
Grenlandiya — strategik joylashuvi va tabiiy boyliklari tufayli AQShning Arktikadagi ta'sirini oshirish uchun muhim hudud hisoblanadi. Trampning Grenlandiyani Daniyadan sotib olish taklifi, Daniya tomonidan "absurd" deb rad etilgan bo‘lsa-da, bu mintaqaga nisbatan AQShning uzoq muddatli rejalaridan darak beradi.
Panama kanali — AQSh uchun global savdo va strategik yo‘nalishlarda muhim rol o‘ynaydi.
Meksika — tabiiy resurslarga boy hudud bo‘lib, Trampning bu davlatga iqtisodiy bosim o‘tkazish va baʼzi hududlarini nazorat qilish g‘oyalari mavjud.
Kanada — AQShning eng yaqin savdo hamkori bo‘lishiga qaramay, Tramp uni "yagona Amerika" loyihasining bir qismi sifatida ko‘rgan.
Bu daʼvolar hali rasmiy siyosatga aylanmagan bo‘lsa-da, Trampning bu bayonotlari Shimoliy Amerikadagi geosiyosiy o‘zgarishlar ehtimolini ko‘rsatadi. Tarixiy raqobatlar, ayniqsa AQSh va Kanada o‘rtasidagi "Qizil Urush" rejasi haqida eslash, bugungi kunda ham jamoatchilik eʼtiborini tortishda davom etmoqda.
AQShning bu kabi imperialistik ambitsiyalari boshqa davlatlar tomonidan tanqid qilinsa-da, bu raqobat Shimoliy Amerika qitʼasida uzoq davom etishi mumkin.