Смотреть в Telegram
Toshkentdan Issiqkoʻlga turistik poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi temiryo‘l kengashining 81-yig‘ilishi doirasida “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ raisi Z.Narzullayev va “Qirg‘iz temiryo‘li” rahbari A.Sakiyev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2025-yil yozidan Toshkent–Baliqchi yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini boshlashga kelishib oldi. Bu yangi yo‘nalish Issiqko‘lga sayyohlar oqimini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. @TSTU_NEWS
Telegram Center
Telegram Center
Канал