Смотреть в Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Salom, salom! 🌟 Kecha metroga tushgan vaqtimda kaftim bilan to'lov qilib ko'rishni test qildim. Kaft bilan to'lov qilish uchun sizda ATTO karta bo'lishi kerak, karta telefon raqamingizga sms xabarnoma ulangan bo'lishi kerak. ATTO mobil ilovasini o'rnatgan bo'lishiz kerak. Muayyan bir metro bekatlarida kaftni ro'yxatdan o'tkazadigan qurilmalar bor, MyId orqali identifikatsiyadan o'tib kaftingizni ro'yxatdan o'tkazasiz va bo'ldi, to'lov qilaverasiz. Fintech yo'nalishida bu yaxshi bir yangiliklardan biri bo'ldi, oldinlari mobil ilovadan online to'lovlar trend bo'lgan bo'lsa sekin sekin offlayn to'lovlarda ham karta ishlatmasdan to'lov qilish trendi ham kuchayib bormoqda. Ko'p do'konlarda Click, Payme, Uzum orqali ham to'lov qilish mumkin, naqt uyoqda tursin kartani o'zi bilan olib yurish hojati qolmaydi bora-bora. Kaft bilan to'lovga keladigan bo'lsak menimcha MVP variantni ishga tushirishibdi, chunki hozircha kaft bilan to'lash oddiy karta bilan to'lashga qaraganda ko'proq vaqt oladi, tasavvur qiling Chilonzor, Paxtakor bekatlarida ertalab va kechqurun odam to'la bo'lgan vaqtida ko'pchilik kafti bilan to'lov qilmoqchi bo'lsa qancha vaqt oladi? Kaft bilan to'lov qilish uchun ro'yxatdan o'tish uchun ham vaqt oladi, demak asta-sekinlik bilan foydalanuvchilar ro'yxatdan o'tsa kerak. Xullas, trend zo'r, faqat va faqat bu funksionallarni yaxshilab borish kerak va bu hali boshlanishi, bu yil bir necha to'lov turlari ishga tushishini kutmoqdaman. @temur_pm_blog
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств