Hech bir holat va vaziyatda yolg'on gapirishga majbur emasmiz, agar bir martta majbur bo'lsak u boshqa majburiyatlar uchun eshik bo'lib qolishi mumkin!
Alkogol emas - choy; Sigaret emas - mevalar; Bo'kkuncha emas - bir miskinga yarasha; Nolish emas - shukr; So'kish emas - shirin so'z; G'azab emas - skunat; Kibr emas - kamtarlik; Shunchaki emas - chin dildan; G'urbat emas - halovat;
(hohlasangiz ro'yhatni davom ettiring) Bu toshi og'ir va bag'ri keng dunyo avvalgilardan ham qolgan, bizdan ham qoladi, hech narsa jahl va johillik uchun arzirli emas!
Jarlikka qulayotib qaysidir mo'rt shoxga ilinib turgan paytingda, undan ulkan daraxtning matonatiga umid qilasan. Agarki ihlos bo'lsa, albatta natija ham bo'ladi!
Ba'zan shunday hursand bo'lamizki, uni so'z bilan ifoda etib bo'lmaydi, ba'zi dardlarni aytish uchun esa nutqlar ojiz va yana neytral holatimizni bildirish uchun ham vosita yo'q.
O'zingiz betartib va qarovsiz kulbaga kirishga jirkanasizu, lekin g'urbatga to'la va nafratdan libos kiygan ko'nglingiz eshigini hech kim ochmasligidan doim noliysiz, nomutanosiblik bor a?
Tarbiya bizning libosimizdir, libosni pokiza holatga keltirish uchun anchagina vaqt va mehnat lozim, unga dog' yoki qusur yetkazish uchun esa lahzalar yetarli!
#kayfiyat - "Nahot tarqaganman men ham maymundan?" Darvindan so'radi chiroyli bir qiz. Darvin javob berdi o'ylanib obdon: - Chiroyli maymundan tarqagansiz siz!
#iqlim Yozda quyoshning jazirama issig'i va qishning izg'irin sovug'iga toqat qila olmagan G'ulom, qilgan gunohlarining jaziramasi va qahratonini hech ham o'ylamaydi!