Raaxe qariysi – dunyodagi eng qadimgi suvosti kostyumlaridan biri
Raaxe qariysi deb atalgan bu suvosti kostyumi taxminan 1727-yilda Shvetsiyada ishlab chiqarilgan. Kostyum maxsus ishlov berilgan sigir terisidan tikilgan. Uning choklari qatron bilan singdirilgan iplar yordamida tikilgan va ustidan yana qatron bilan yopilgan. Raaxe qariysi butunlay qo‘y yog‘i, qatron va smola aralashmasi bilan qoplangan bo‘lib, bu unga kutilmaganda yuqori darajada suv o‘tkazmaslik xususiyatini bergan.
Kostyumning ichida kapyushonni ushlab turuvchi yog‘och latta-takalar (reykalar) mavjud. Havo yuqoridan maxsus smola bilan ishlov berilgan yog‘och naychalar orqali yuborilgan. Bu naychalar o‘zaro teridan ishlangan qoplamalar bilan bog‘langan. Kostyumning orqa tomonidan chiqadigan ikkinchi naycha esa havo chiqarish uchun xizmat qilgan.
Suvosti g‘avvosi kostyum ichiga qorin qismidagi maxsus teshik orqali kirgan. Keyin bu teshik teridan tikilgan maxsus qoplama bilan yopilgan va g‘avvos tanasi teri bo‘laklari bilan mustahkam bog‘langan. Ajablanarlisi shundaki, bu murakkab tuzilma suvni ichkariga umuman o‘tkazmagan.
Https://https://t.center/tarixi_dunyo