Смотреть в Telegram
KORRUPSIYA ILDIZ OTMASIN... 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari ishtirokida boshqarma xodimlariga yig’ilish o‘tkazildi. 💠 Yig‘ilishda, xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berdilar. 💠 Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘RQ-419-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 829-son qarori atroflicha tushuntirildi. 💠 O‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi. 💠 Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xati-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi. 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств