Смотреть в Telegram
O‘zbekistonni “middle power”lar qatoriga kiritish bo’yicha ilmiy yondashuv O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni tobora kuchayib, uni “middle power”lar safida ko‘rishga asos yaratmoqda. Siyosiy fanlar doktori (DSc), O’zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi Rahmatulla Nurimbetovning “O‘zbekiston va Shanxay hamkorlik tashkiloti” (2024) nomli monografiyasida bu masala birinchilardan bo‘lib ilmiy jihatdan asoslangan. Unda O‘zbekistonning “middle power” maqomini shakllantirish uchun mavjud sharoitlar va imkoniyatlar keng ko‘rib chiqilgan. Ushbu tahliliy postda O‘zbekistonning “middle power” maqomi qanday tarkib topishi va uning ahamiyati haqida fikrlar keltirilgan. 1. Markaziy Osiyoning “jug‘rofiy yadrosi” sifatida roli O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng yirik davlatlaridan biri bo‘lib, tarixiy-madaniy va iqtisodiy jihatdan mintaqadagi integratsiya jarayonlarining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 2017 yilga qadar mintaqadagi raqobat va ziddiyatlar ShHTning rivojlanishida to‘siq bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekistonning proaktiv tashqi siyosati ushbu muammolarni kamaytirishga xizmat qildi. Hozirda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik kuchaygan va bu o‘z navbatida O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 2. Katta davlatlar bilan muvozanatli diplomatiya O‘zbekiston Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi yirik davlatlar bilan konstruktiv aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu davlatlar bilan yaqin hamkorlik “middle power” sifatidagi maqomni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi. Ayniqsa, ShHT doirasida olib borilayotgan diplomatik faoliyat Turkiya, Braziliya yoki Janubiy Koreya kabi “middle power”lar tajribasiga mos keluvchi elementlarga ega. 3. Tashabbuskorlik va legitimlikni kuchaytirish Rahmatulla Nurimbetovning fikricha, O‘zbekiston ShHT doirasida “middle power”ga xos funksiyalarni bajarishda faol harakat qilmoqda. Tashabbuskorlik, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va tashkilotning legitimligini saqlash borasidagi amaliy qadamlar nafaqat O‘zbekistonning ichki va mintaqaviy manfaatlariga, balki xalqaro barqarorlikka ham xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalish, boshqa “middle power”lar tajribasiga asoslangan holda, yanada takomillashtirilishi mumkin. 4. Konseptual yondashuv zarurati O‘zbekiston “middle power” maqomini shakllantirish jarayonida tizimli va strategik yondashuvni rivojlantirishi lozim. Nurimbetov tomonidan taklif etilgan “O‘zbekiston Respublikasining ‘o‘rtamiyona davlat’ sifatidagi diplomatiyasi” konsepsiyasi bu borada muhim o‘rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston “middle power” maqomini rivojlantirish orqali nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosda ham yangi rolga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. ShHT doirasidagi faoliyat bu jarayonda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Tashqi siyosatdagi muvozanatli yondashuv va tashabbuskorlikning davom ettirilishi O‘zbekistonning global miqyosdagi nufuzi va ta’sirini kuchaytirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu borada ilmiy doiralar va tahlil markazlari tomonidan taklif etilayotgan konseptual yondashuvlar mamlakatimizning yanada samarali siyosiy strategiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategic Focus: Central Asia
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств