Смотреть в Telegram
Adabiyotdagi eng toksik sevgi qissalari Persefona va Hades. Hades Persefonani sevib qoladi va uni o'zining yerosti dunyosiga olib qochadi. Demeter qizi Persefonani qidirayotgan mahal dunyoda ocharchilik boshlanadi. Oxiri oraga Zevs kiradi va Persefona yilning bir qismini yerostida, bir qismini onasi bilan o'tkazadi. Mavsumlar shundan kelib chiqadi. Buni tarixdagi birinchi stokholm sindromi deyish ham mumkin. Gvinera va Lanselot. Gvinera eriga xiyonat qiladi. Lanselot esa eng yaqin do'stining ayoli bilan bo'lib, keyinchalik unga ham xiyonat qiladi. Romeo va Julietta. Romeo Rozalinani unutish uchun Juliettadan foydalanadi. Julietta esa buni sevgi deb oʻylaydi. Eloiza va Abelard. Abelard 12-asrda Parijda yashagan mashhur faylasuf va din odami. Eloiza esa yosh va go'zal qiz, shuningdek Abelardning o'quvchisi. Bu ikkisi orasida o'quvchi-o'qituvchidan ko'ra ko'prog'i, buyuk sevgi tug'iladi. Eloiza xomilador bo'lgach turmush qurishadi, lekin jamiyat bu munosabatni qabul qilolmaydi. Abelard bichiladi, Eloiza esa rohiba bo'ladi. So'ng umrining oxirigacha maktublashib yurishadi. 100 ta “💔” yig’ilsa maqolani 2-qismini ham joylayman) @stoik_kutubxonasi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств