🤝🇺🇿 Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi
Hukumat qaroriga muvofiq, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari "Yagona milliy mehnat tizimi" (YMMT IDAK) orqali elektron shaklda tuziladi.
Mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi.
Imzolangan shartnomani xodim o‘zining my.gov.uzdagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
✅Sputnik kanali👉lotin👉кирилл