“UzTest” import avtomobillarini sinovdan o‘tkazish poligonidagi navbatlarga izoh berdi1-noyabrdan O‘zbekistonga import qilinadigan avtomobillar bojxona hududida emas, Pskentdagi poligonda texnik sinovdan o‘tkazilmoqda. Jarayon ko‘proq vaqt talab etgani bois bu tartib uzun navbatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Markaz buni mavsumiylik va import hajmining oshishi bilan izohlamoqda. Avtomobil egalari esa tekshiruv jarayonlarini kutib, mashinalarida tunab qolishga majbur bo‘lishmoqda.
Hozirda avtopoligonda maxsus kutish hududlari tashkil etilgan, shu bilan birga, elektron navbat tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, muvofiqlik sertifikatining o‘rtacha narxi 9,1 mln so‘mgacha oshgandi, keyinchalik esa “UzTest” narxlarni pasaytirdi:
https://www.spot.uz/oz/2024/11/16/auto-certification/Telegram |
Instagram |
YouTube