Смотреть в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Vazirlar Mahkamasining “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 148-son qarori qabul qilindi. (2.04.2022-yil) Qarorga muvofiq majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar boʻyicha belgilandi: 1-guruh – changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor – 2022-yil 15-apreldan boshlab; 2-guruh – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich – 2022-yil 1-avgustdan boshlab; 3-guruh – suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar – 2022-yil 1-noyabrdan boshlab. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: ✔️raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxati; ✔️ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji va chakana savdo tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafiklari; ✔️maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom. Maishiy texnika mahsulotlarini tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash joriy qilingan kundan boshlab: ▪️Oʻzbekiston hududida majburiy raqamli markirovkasiz ishlab chiqarish hamda ular import qilinganda agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi. ▪️6 oy mobaynida markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini ulgurji va chakana savdo tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy ravishda bepul raqamli markirovkalanishga ruxsat beriladi; ▪️9 oy oʻtgach ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan keyingi aylanma ishtirokchilariga taqsimlashfaqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi; ▪️12 oydan soʻng barcha aylanma ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi; ▪️1 yildan so‘ng Oʻzbekiston hududida raqamli markirovkasiz sotish taqiqlanadi. Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Telegram Center
Telegram Center
Канал