Смотреть в Telegram
Sobirovna's
-Can money solve everything? -Not really!
Ota-onang seni shifoxonaning comfort' xonasiga joylashtirishsa-da, oddiy palatadagi bemor bilan bir xil aziyat chekishing mumkin! Sening yoningga bor ne'matlar toʻkib qoʻyilgan bir paytda, sen bisotidagi bir boʻlak nonni yeya olmay oʻtirgan inson bilan bir xil holatda boʻlishing mumkin! Senga dori-ukollarni sotib olib berishar, lekin shifokorlar davolash tartibini buzolmasa, jadvaldan tashqari ketma-ket tinimsiz ravishda ogʻriq qoldiruvchi ukol ololmaysan! Pul bilan hammasini joylashtirib qoʻyish mumkin, ammo har kunlik olib yurgan kislorodingni hatto pul bilan ham avvalgidek bemalol ololmay qolishing mumkin! 'Muhimi pul bilan shu sharoit yaxshiroq boʻladi-ku' deysanmi? Yoʻq, Ramush! 3 soniyalik nafasingni bemalol ololmas ekansan, tanangdagi butun ogʻriqlarni his qilib turarkansan, sening qanday xonada yotishingning ahamiyati yoʻq. Modomiki yeyolmas ekansan, ellik xil taomning ham foydasi yoʻq..
P/s. Ushbu post tinimsiz ogʻriqdan soʻng tungi soat 3 da
dorilar taʼsirida oʻziga kelgan insonning qachondir qaytib kelib oʻqiganda oʻziga eslatma boʻlishi uchun yozib qoldirildi.
©
Sobirovna
.
Поделиться
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств
Запустить