Смотреть в Telegram
Hayotimiz shunday. Yillar oʻtaveradi. Biz oʻzgaraveramiz. Atrofimizdagi insonlar davrasi sekin-astalik bilan oʻzgarib, yangilanib boraveradi. Hamisha yonimizda boʻladigan yaqinlarimiz ham bu oʻzgarishlarga, yangi insonlarga moslashib boraverishadi. Muhokama mavzulari oʻzgaradi. Va qachonlardir hayotimizning asosiy qismidek tuyilgan insonlarga aloqador nimadir esga olinsa, endi yaqinlarimiz choydan bir hoʻplagancha xotirjam tarzda shunday deyishadi: 'Hayotingda shunday odamlar ham bor edi-ya?' Yangilab, yangilanib boraveramiz. Va qachondir eng qadrli nomlar 3-4 soniyada bir yutum choy bilan eslab oʻtib ketiladi.. Boʻldi. @Sobirovna_me.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств