Смотреть в Telegram
Xullas, kichkinaligimizda mahallamizga yaqinroq joyda bir hovli bor edi. Unda gʻalati ishlar boʻlgani haqida, qanaqadir arvoh yoki jin yashashi haqida tez-tez eshitib qolardik. Har gal yangi hikoyalar tarqalardi. Bir safar oʻsha uy egasi oilasi bilan karavotda uxlayotganda, toʻsatdan xotini qoʻrqib ketadi. Qarasa, eri xirillab, kimnidir haydayotgan boʻladi. Erkakning aytishicha, uni bir sharpa uning ustiga chiqib, boʻynidan mahkam boʻgʻib, tahdid qilgan. Yana bir kun tunda esa karavotning pastidan qanaqadir qoʻl ayolning oyogʻidan mahkam ushlab, pastga torta boshlagan. Boshqa kuni ulardan biri arqon bilan oʻldirishga urinayotganlarini aytib, uygonib ketgan va rostan ham koʻrpaning ustida arqon oʻralib yotganini koʻrishgan. Ishqilib, shunga oʻxshash tahdidlar juda koʻp boʻlgan. Yosh edik. Oʻsha oilaning oʻgʻliga oshna boʻlgan bir yigit bir kun hammamizga bu gaplar quruq safsata ekanini va oʻzi borib isbotlab kelishini aytdi. Ishondik, natijasini kutdik. Shomga yaqin jasorat bilan oʻsha hovliga ketgan bola yarim kechasi uyiga oyoq yalang yugurib qaytib kelgani va rangi oqarib, onasiga hammasini aytib berganini bilgach, hammamiz u hikoyalarga ishongandik. U hovlida bir necha kishi oʻzini sinab koʻrgan, haqiqatligini tasdiqlagan. Bunga sabab esa oʻsha hovli tabarruk bir odamning qabri ustiga qurilgani uchun uning arvohi tinch qoʻymaydi deyishgandi. Hikoyamiz tugadi , xayrli tun. @Sobirovna_me
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств