Смотреть в Telegram
Forwarded from Maqsadli Mijoz
10 yoshli jiyanimga positioning nimaligini qanday tushuntirgan bo'lar edim? Oxirgi suhbatimizda sen bilan brend haqida gaplashgan edik. Bu gal kuchli brend qurishimiz uchun kerak bo'ladigan positioning haqida suhbatlashamiz. Har doimgidek misol bilan tushuntirishga harakat qilaman. Bilaman, shokoladni yaxshi ko'rasan. Shokoladning turlari ko'p. Hozir men senga turli hayotiy vaziyatlarni aytaman, sen esa qaysi shokolad birinchi bo'lib xayolinga kelganini aytasan. Boshladik: Qorning och qoldi? — Snickers. Tanaffus bo'ldi? — KitKat. Nima qorin ochsa KitKat yeb bo'lmaydimi? — Bo'ladi, lekin Snickers reklamalarida har doim senga: "Och qoldingmi — Snickers!" deb miyanga quyib kelgan. Nima tanaffusda Snickers yeyish mumkin emasmi? — Mumkin, lekin KitKat reklamalarida tinimsiz: "Tanaffusmi? — KitKat!" degan g'oyani kallanga mixlagan. Ya'ni ikki brend ham nima bilan boshqa shokoladlardan ajralib turishini, nima uchun boshqa shokoladlarni emas aynan Snickers yoki KitKatni tanlashimiz kerakligini uzoq muddat davomida ongimizga joylashtirishgan. Aynan mana shu positioning. Miyamizni bir javon deb olsak har bir tortma — bu turli tushuncha va hissiyotlar. Har bir tortmaga bitta, maksimal 2ta brend sig'adi. Baxtli lahzalar? — Coca-Cola. G'alaba? — Nike. Hashamatli mashina? — Mersedes. Tabiiy go'zallik? — Dove. Kuchli positioning = kuchli brend. Positioning katta mavzu. Keyingi safar kuchli positioning uchun qanday ingridientlar kerakligi haqida gaplashamiz. #soddamarketing @maqsadli_mijoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств