Turkiyada oila boʻlib yashash va ta’lim olish haqida yozaman...
• TYS | C1
• “Türkiye bursları”da grant yutib, oʻqishga kelganman
• Hacettepe üniversitesi magistranti
• Mahdining onasi...
Bugun Hüseyn hocam oilasi bilan biznikiga kelishdi 🥰
Universitet davrlarimizni esladik, Toshkent haqida, ustozlarimiz, yor-do‘stlar, qadrdonlarimiz haqida suhbatlashdik, diydorlashdik, quvonchimiz ichimizga sig‘maydi!
Biz havas qiladiganlar ro‘yxatiga ustozning chiroyli oilasi ham qo‘shildi. Ilohim, shunday ilmli, sayohatsevar, dunyoqarashi keng oila bo‘lish nasib etsin!
Farzandlari... ko‘z tegmasin, shunaqa shirin, kitobsevar, zukko, aqlli. Mahdi bilan rosa o‘ynashdilar, biz esa, suhbatlashdik!
Qaniydi, vaqt to‘xtasa, shunday damlarni imkoning yetgan qadar uzataversang, uzataversang, hech tugamasa. Bizni ham shunday yuksak martabalarga yetkazsin ilohim!
Xush keldingizlar, suyuntirdingiz, suyuntirsin, rosa xursand bo‘ldik, borlaringizga shukr, hocam, yana kutamiz! 😇
Uyimizdagi saranjomlik va tartib uchun xizmatdamiz! 🫡
Mahdi bir odat chiqardi, odatki, tumbochka, shifoner, tortmalar, kitob javonchamiz... hamma yer uni qiziqtira boshladi.
Ancha payt indamadik. Maza qilib to‘kib sochdi hamma narsani, ertalab yig‘ishtirgan uyimiz kechgacha tanib bo‘lmas ahvolga kelardi...
Bugun o‘zimizga va uyimizga juda katta yaxshilik qildik. Mana bunaqa aksessuar olib, hamma yerga taqiq o‘rnatib chiqdik, endi Mahdi bu “post”dan o‘tolmayapti🥳
Oyoq kiyimlarimiz turadigan javonchani ham bir yoqlik qilsaydik, ko‘nglim shunday xotirjam bo‘lardi...
Mahdining Ikamet izni ham chiqdi, ertalab tashlab ketishdi😊
Vanihoyat, oilaviy barchamizda yashash ruxsatnomasi to‘liq bo‘ldi, endi polis akalarning yonidan kerilib o‘tolamiz, hamd!
Turkiyada eng aktual masala aynan yashash ruxsatnomasidir. Hadeganda ikamet izni chiqarvermaydi, to‘lovlari ham qimmat. Bizda esa, burs yutganim uchun menga davlat tomonidan to‘lab beriladi, xo‘jayinim va Mahdiga pul beramiz, xolos.
Talaba bo‘lmasangiz, to‘lov qilgan taqdiringizda ham hujjat chiqishi amrimahol. Hozir Turkiya jumhuriyati chet elliklarga kamdan kam holatda hujjat beryapti...
Biz reja tuzib oldik, to‘lov qilib, yopiq guruhga qo‘shilgan nomzodlar bilan shu tartibda ishlayapmiz.
Bu hozircha, hujjat topshirishgacha bo‘lgan jarayon. Burs chiqqach, intervyuga ham tayyorlaymiz, keyinchalik ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsatamiz, savollarga imkon qadar javob beramiz.
Hujjatlaringizni biz bilan topshirmoqchi bo‘lsangiz, haliyam imkoniyatingiz bor. Safimizga qo‘shiling, maqsad sari birgalikda harakat qilamiz!
Bu grant qo‘mitasi juda mavhum saralash mezonlari asosida faoliyat yuritadi. Qo‘mita tomonidan bu borada aytarli bir ochiqlama, munosabat yoki kichkina bo‘lsa-da ma’lumot hech qayerda e’lon qilinmagan.
Burs yutish-yutmasligingiz baholar, diplom bali, jamoat ishlarida faolligingiz, til sertifikatlari, niyat maktubi va referanslarga bog‘liqdir.
Qolaversa, hujjatlaringizni tizimga to‘g‘ri shaklda yuklash ham imkoniyatingizni karrasiga oshiradi. Bu uchun esa sizga o‘z xizmatimizni taklif etamiz!
Ko‘pchiligimiz chiqsa-chiqmasa Green Cardni deyarli har yili o‘ynaymiz, mustaqil yoki biror konsalting firma yordami bilan hujjat topshiramiz, javoblar chiqishini kutamiz, xuddiki u hayotimizni butunlay o‘zgartirib yuboradiganday! Lekin...
Green Card yutsangiz, bo‘ldi, siz Amerikaga ketasiz, u yoqda quchoq ochib kutib olishadi, ish tayyor, ovqat/yotoq joyingiz bor, degani emas.
Hamma mashmasha va eng katta xarajatlar Green Card chiqqanidan keyin boshlanadi. To‘lovlarini qilib, amallab Amerikaga bordingiz ham deylik, ish masalasi, u yoqdagi muammolar, ehhe...
Türkiye Bursları'da esa ishga emas, o‘qishga hujjat topshirasiz. Yutsangiz, xarajatlaringiz to‘liq qoplanadi, bilet olib beriladi, hujjat, sug‘urtangiz, yotoqxonangiz, hatto ovqatingizgacha barchasi davlat hisobidan!
Bu grand yilda bir marta tavakkal qilib ko‘rishga arziydi. Green Card'ga ish uchun hujjat topshirmangda, Türkiye Bursları bilan sifatli ta’lim va o‘z kelajagingiz uchun harakat qiling!
Assalomu alaykum Sitoraxon yaxshimisiz. Menimcha ham Abdulaziz bilan birga o'zingiz bu ishda yordam bering. Xizmat haqingizni ham oling. Chunki vaqt ajratasiz. Hamma rozi bo'lgan narxini bersin sizlarga. Men hech tanimagan insonlarimdan ko'ra sizlarga murojaat qilgan bo'lardim.
Kecha shu taklif bilan 2-3 kishi yozibdi, hozir konsalting firmalar bilan bog‘landim, arzon, ishonchli variant bo‘lsa, sizlarga tavsiya qilmoqchi edim, lekin...
Afsuski, ko‘nglimdagiday firma chiqmadi, balki men topolmadim. Kimdir yuz foiz o‘qishga kiritamiz deb yolg‘on va’da bersa, boshqasi judayam qimmat narx aytyapti, barakasini, omadini bersin!
Keling shu xizmatni o‘zim hamyonbop va cho‘ntak ko‘taradigan narxda taklif qilaman, bu ixtiyoriy, xohlang o‘zingiz hujjat topshiring, istasangiz, men topshirib beraman!
Talabgorlar bo‘lsa, bu bo‘yicha tajribaga egaman, ham 1 yildan beri oilamizga to‘liq hujjatlarni o‘zim qilib kelyapman, bunday ishlar yo‘l-yo‘rig‘iga ancha tushunib qoldim.
Va’daga muvofiq, guruh ochildi, qo‘shilib olsangiz bo‘ladi. Bugundan grandga hujjat topshirish ham boshlanadi, bu bo‘yicha yangiliklarim bor sizga, hozircha guruhga qo‘shilib, kanalda faol bo‘lib turing, bir boshidan aytib beraman😊