Shahzod Shomansurov
Qahva…
(novella)
-Choy yoki qahva…? – u tabassum qilib turibdi.
Men bu tabassum ortida nima yashirin ekanligin bilmayman. Beihtiyor “-qahva” –deya javob berdim. Yana sirli nim tabassum. Oh, bu lablar, suzilgan ko‘zlar. Men uni shunday eslashni istayman. Aslida esa …
Tun yarmidan oqqan, sukunat. Stolda esa sovuq qahva. Gulqog’oz devorga ilingan eski portret. Unda yuzidan nur qochgan, ammo nihoyatda go‘zal va noma’lum ayol tasvirlangan. Ba’ri o‘xshash, nim tabassum, gilos lablar, jayron ko‘zlar. Chamamda biror fohishani portreti bo‘lsa kerak. Ortga burilishni istamayman. Hayotimdagi bu sahifani men yopdim. Aniqrog’i ancha ilgari yopganman. Sovib qolgan qahvaga biroz tikildim. Achchiq qahvani azaldan yaxshi ko‘raman. Ammo bu safar qahvadan xo‘plamayman. Sovib qolgani uchunmas, shunchaki…
Shunchaki…uning lablari ta’mini biroz unutmaslik uchun. U go‘zal edi, nihoyatda go‘zal! Par yostiqda ko‘zlarimga tikilganlarini, olovli bo‘salar berganini, sochlari iforini, nafis qo‘llari, marmar bo‘yni, oppoq sonlarini…hamma-hammasini sevardim. Labimni ohista tishladim. Hamon shirin ta’m…
Endi qahva ichmayman. Seni bo‘yningdan ham hech kim o‘pmaydi…
2022 yil@ShakhzodShomansurov