Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Inson manfaatlari oliy qadriyat. Har bir davlat xizmatchisi xalqqa xizmat qilishi kerak degan tamoyil ostida joylarda rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlari tashkil etilmoqda. Buning asnosida yechimi topilmayotgan masalalar ijobiy hal etilib, dillarda umid uchquni porlamoqda.
Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabuli ham turli mazmundagi masalasiga chora istab kelgan odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Yulduz Muhammadiyeva kiberfiribgarlar qurboni bo‘lganini, Toshmuqim Jumaev ro‘yxatga kiritish, Rahima Jo‘rayeva farzandining ishini Samarqandga ko‘chirish masalasida amaliy yordam so‘radi. Dilorom Isroilova esa profilaktika inspektori faoliyatidan noroziligini bildirdi.
Fuqarolarning mavjud masala va muammolariga huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.center/samiibuz