#Yalpi_majlis🔉Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib
o‘tmoqda. ⭐️Majlisda deputatlar “Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yig‘inlarni o‘tayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda
ko‘rib chiqdi.✅ Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasi bilan amaldagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligiga oid normalarga oydinlik kiritilib, mazkur masala yuzasidan yaxlit qonun hujjatini qabul qilish nazarda tutilmoqda.
✅ Shuningdek, loyihada harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish asoslari, harbiy xizmatchilarning cheklangan yoki to‘liq moddiy javobgarligi masalalari, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartib-taomillari, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi kabi muhim normalar aniqlashtirilmoqda.
✅ Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga, harbiy intizomning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
🔗 Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:Telegram |
Facebook |
Instagram |
Twitter