Hechnimaga erishmagan bo'lsangiz ham hammasi yaxshi.
Qishloqdoshlar, 2024-yil deyarli tugadi. O'zingiz azo bo'lgan kanallarda, sotsial tarmoqlarda odamlar bu yilda erishgan yutuqlari haqida yozishadi odatga ko'ra. Yil sarhisoblarini o'qish yoqimli, albatta. Lekin shu bilan birga bazida inson zoti o'zini taqqoslashni boshlaydi. Bu habarda, ko'p narsalarga erishmasangiz ham hammasi joyida ekanini eslatmoqchiman. Yangi yil sarhisobi ro'yxatingiz bo'sh bo'lsa ham hechnima qilmaydi. Hammamiz bir birini takrorlamas noyob shaxslarmiz va hammamizni o'z hayot yo'limiz bor. Hayotni o'z tezilgimizda, o'z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib boshdan o'tkazamiz. Siz o'z yo'lingizda bu yil qancha qiyinchliklarni yengib o'tdiz, xatolar qildiz, nimalardir o'xshamadi. Bularni hammasi yaxshilikka. Xatolar va yiqilishlar kelajak muvaffaqiyatingizni poydevori bo'ladi. O'tgan yilida siz yig'gan tajribalaringiz uchun minnatdor bo'ling. Stressga tushmang. Yangi yil keldi, yangi imkoniyatlar, yangi to'siqlar va qiyinchiliklar. Bu yilda sizga omad va bardosh tilayman. Yaqinlaringinz bilan vaqt o'tkazing, yaxshi hotiralar yig'ing, hullas yashang. Shunchaki mavjudligingizdan baxt yarating, eslab qoling, biror narsaga erishishga majbur emassiz, siz noyobsiz.
#copium
@qishloqi_dev