Surxondaryoda 112 mln so‘mga marixuana sotayotganlar ushlandi
Og‘ufurushlar ikki dona qora rangli polietilen paketga solingan o‘ziga xos o‘tkir hidli, yashil rangdagi moddalarni shartli xaridorga 112 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
🇦🇹Avstriyada kansler o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi
Avstriya Prezidenti Aleksander Van der Bellen idorasi respublikaning Tashqi ishlar vaziri Aleksander Shallenberg vaqtinchalik federal kansler lavozimiga tayinlanishini ma’lum qildi.
🇷🇺2024-yil Rossiyadan 80 mingdan ortiq migrant haydab chiqarildi
O‘tgan yilning dekabr holatiga ko‘ra, sud qarorlari asosida Rossiyadan 80 mingdan ortiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar chiqarib yuborilgan.
Chegaradan to‘pponcha va o‘q olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘lab turuvchi Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara postida pnevmatik qurol va 1 500 dona o‘qni yashirincha olib kirishga uringan fuqaro ushlandi.
Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Baden-Vyurtemberg shahridagi mashinasozlik kompaniyasi binosiga noma’lum niqobli shaxs o‘t ochishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir yaralandi.
Qo‘shma matbuot anjumanida Eron va Iroqning Suriyadagi vaziyat bo‘yicha umumiy xavotirlari borligi ta’kidlangan.
Iroq Bosh vaziri o‘z nutqida mintaqadagi vaziyatni hal qilishning yagona yo‘li “G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish va Falastin millatiga o‘z taqdirini belgilash huquqini kafolatlash” ekanini ta’kidladi.
🇦🇿🇦🇲Aliyev Armanistonni “fashistik davlat” va mintaqa uchun tahdid deb atadi
Ozarbayjon rahbarining ta’kidlashicha, Armaniston “mintaqa uchun xavf manbai” va mustaqil Armaniston davlati “mohiyatan fashistik davlatdir”, chunki u “deyarli 30 yil davomida fashistik mafkura tashuvchilari tomonidan boshqarilgan”.
O‘tgan 2024-yil davomida ushbu mamlakatda 997 kishi qatl etilgan. Bu esa 2023-yilga nisbatan 16 foizga ko‘proq degani. 2024-yil oktyabr oyining o‘zida Eronda 170 kishi o‘limga hukm qilingan.
AQSH “Tolibon” bilan mahbuslarni almashishni muhokama qilmoqda – WSJ
AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Afg‘onistonda hibsda saqlanayotgan bir necha amerikaliklarning ozod qilinishi yuzasidan Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Toshkentda erkak 7 bolasining onasini bolg‘a bilan urib o‘ldirdi
Sud hukmi bilan sudlanuvchi erkakka Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.