Смотреть в Telegram
Professionallardan
Photo
Mening xulosam. Biz maqsadimizga erishganimizda o‘zimizdan qoniqmasligimiz, baxtli bo‘lmasligimiz, niyatimiz boshqa bo‘lganini anglatadi. Niyat his qilinadi, maqsad erishiladi. Niyatimiz to‘g‘rimi yoki yo‘q, buni maqsadga erishganimizdan keyin bilamiz. Agar maqsadga erishganingizdan keyin insonlar Sizning muvaffaqiyatingizga nisbatan Siz eshitishni xohlagan gaplarni aytishsa, Sizning niyatingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, ya’ni Siz boshqa xayolda, insonlar boshqa xayolda fikr bildirishsa va bu fikrlar SIzga yoqmasa, demak, niyatingiz boshidanoq xato bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kimgadir fikringizni yetkazishda ham xhunday. Kimdir Sizning gaplaringizni eshitib, amal qilishni boshlasa, niyatingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa... Shu sababli ham ilmli insonlarning gapiga hamma mal qiladi, chunki ularning niyati to‘g‘ri bo‘ladi. Niyat — maqsad — reja — sabab Maqsad: Onangizga sovg‘a berish Niyat: Alloh roziligiga erishish, onangizni ko‘zida quvonchni ko‘rish, o‘zlarini bolalardek tutib, erkalanishlarini va SIzni erkashlarini his qilish. Maqsadni hamm qo‘yadi, lekin juda ko‘pchilik erisha olmaydi, nega deganda har bir maqsadni amalga oshiruvchi asosiy vosita — niyat. Shuning uchun har bir maqsadingiz oldiga niyatingizni ham qo‘shib yozsangiz yoki maqsadlaringizni eslaganda, niyatingizni his qilsangiz, agar niyatingiz yaxshi bo‘lsa, maqsadingiz aniq amalga oshadi, inshaalloh.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств