Смотреть в Telegram
#seminar_trening #ijod_maktablari NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi. ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda. Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda. Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi. Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikdan joy olgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств