Смотреть в Telegram
#onlayn_muloqot #qonun_hujjatlari_targʻiboti QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibotiga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Agentlik mas’ul xodimlari, xususan tizimdagi maktab direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. Targ‘ibot tadbirida ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tashkil etilgan aloqa kanallari orqali kelib tushayotgan xabarlarni o‘rganish tartibi borasida so‘z bordi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur Qonunda “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilganligi, davlat tashkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarning manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan Qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligini hamda Qonunning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi. Onlayn muloqotda davlat xizmatchisi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashishi, yuklatilgan funksional xizmat vazifalarni qonun talablari asosida sidqidildan bajarishi, tanish-bilishchilik, mas’uliyatsizlik, tamagirlik va manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi ta’kidlandi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств