#xushxabar
🗺TURKMANISTONDA TASHKIL ETILGAN XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA O‘ZBEKISTONLIK O‘QUVCHILAR 9 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI⚡️ Ularning 7 tasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari.📆 Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.📝 MEDAL SOHIBLARI BILAN TANISHING:
🥇Yusufjon Ortiqov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, oltin medal;
🥇Maqsadbek Egamberdiyev – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, oltin medal;
🥈Farhod Ochilov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, kumush medal;
🥈Murodjon Mamatov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, kumush medal;
🥉Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Tohirjon Tairov – Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Mirshod Muhammedov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Ulug‘xo‘ja Bafoyev – Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Xushnudbek Durdiyev – Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi, bronza medal.💫 Ushbu gʻalaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube