#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon
"QO‘MONDON VA YOSHLAR" UCHRASHUVI
Yurtimizda “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.
Namangan shahridagi Prezident maktabida O
‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda
Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev, harbiy faxriylar, harbiy orkestr jamoasi, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Prezident maktabining ta’lim va tarbiyada namuna ko‘rsatayotgan bir guruh o‘quvchilariga Mudofaa vazirligining "Vatan tayanchi" ko‘krak nishoni topshirildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son Qarori bilan tashkil etilgan.
Mehmonlarga maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy dastur havola etildi. Harbiy xizmatchilarning jangovar musiqa, qo‘shiq va raqslari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube