#Vatan_himoyachilari_kuni🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug ofitserlari, faxriylar, afgʻon urushi qatnashchilari va harbiy orkestr tarkibi, pedagog xodimlar, oʻquvchilar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv oʻquvchilarning harbiy hayotga boʻlgan qiziqishini oshirib, vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirgani shubhasiz.
Koʻrgazmali chiqishlar, harbiy orkestr tomonidan mahorat bilan ijro etilgan musiqiy dastur barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube