Смотреть в Telegram
Bugun taniqli ozarbayjon shoiri, “Sən gəlməz oldun” she’ri muallifi Madina Gulgunning (1926–1991) tavalludiga 99 yil to‘ldi Familiyasi Alakbarzoda bo‘lgan Madina xonimning “Tabrizning bahori” nomli birinchi she’rlar kitobi 1950-yilda chop etilgan. Madina Gulgunning dastlabki ijodi ozarbayjon xalqining ozodlik va milliy mustaqillik uchun olib borgan kurash yillariga to‘g‘ri keladi. Uning asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shoira jahon xalqlarining ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi kurashlarini insonparvar shoir sifatida doim kuzatib borgan va o‘z ijodi orqali ularning ovoziga ovoz qo‘shgan. Shoirning Boku va Moskvada “Tabrizning bahori” (1950), “Savalan etaklarida” (1950), “Tinchlik ovozi” (1951), “Hadya uzuk” (1953), “Tabriz qizi” (1956), “Dunyomizning ertasi” (1974), “Turnalar qaytganda” (1983), “Dunyo shirin dunyo” (1989), “Chinor bo‘lsa edi”, “Orzu bir umrdir”, “Ranjitmaydi meni yo‘llar” (1978), “Ko‘nglimni umidlar yashatadi” va o‘nlab boshqa she’rlar to‘plamlari chop etilgan. Ushbu kitoblarning asosiy mavzusi inson, ozodlik, Tabriz sog‘inchi, insonparvarlik va vatanparvarlikdir. Madina Gulgunning she’rlariga ko‘plab qo‘shiqlar bastalangan. Uning tillardan tushmaydigan eng mashhur she’ri “Sen kelmaz bo‘lding” (“Turnalar qaytdi”) she’ridir. Shoira 1991-yil 17-fevralda Bokuda vafot etgan.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств