Berk va bek, shift va ship
Oʻzbek tilida baʼzi soʻzlarning aytilishi ham adabiy meʼyor sifatida qabul qilingan. Masalan,
berk va
bek soʻzi.
Berk soʻzini ogʻzaki nutqda
bek deb aytamiz. Aksariyat soʻzlarni aytilganiday yozsak, xato qilamiz. Lekin
bek xato emas:
Borganimda eshik bek edi.
Izohli lugʻat ham, imlo lugʻati ham bu soʻzni soʻzlashuv varianti sifatida koʻrsatmagan. Izohli lugʻatda hatto
berkitmoq soʻzi yoʻq, faqat
bekitmoq berilgan. Imlo lugʻatidan esa
bekitmoq ham,
berkitmoq ham joy olgan.
Shift va
ship soʻzlari bilan ham
xuddi shu holat. Har ikki lugʻat bu soʻzlarni adabiy tilga xos deb bergan. Soʻzlashuv yoki sheva varianti emas:
Xona oʻrtasida... kattakon stol, atrofida vena stullari, ikki deraza oʻrtasida shipga yetarli katta toshoyna... bor edi.
M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”.
🟢 Garchi adabiy meʼyor sanalsa-da,
bek va
ship variantlari asosan badiiy va publitsistik asarlarda ishlatiladi.
Bu ikkitagina misol xolos. Bularga oʻxshash soʻzlar talaygina. Xoʻsh, bunday soʻzlarni qanday farqlash mumkin? Lugʻatlar bilan ishlash, esda saqlab qolish kerak. Boshqa soʻzlarni ham shularga qiyosan aytilganidek yozsangiz, xato qilasiz.
Imlomiz ana shunaqa-da, nima deysiz endi
🤷🏻♂️.
Oʻzi XX asr boshida,
alifbo oʻzgarganda soʻzlarni aytilganday yozish qabul qilinishi kerak edi. Shunda imlo xatolari ham kam boʻlardi, yozuv xalq tiliga yaqinlashardi.
Menimcha.
@oriftolib