✅“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili"da amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib,
keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.🔴Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.
🟠Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
❗️“Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus
uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.
Bizni kuzatib boring.👩💻Telegram |
Facebook |
Youtube |
Aloqa_boti |
Web-sayt