#Taqdimot _taassuroti
Bugun kitob bayramida qatnashdik. Nashrlariga kreativ yondashuvchi, fikrchan rahbar va jamoaga egaligi loyihalariyu, kitoblaridan sezilib turadigan
"Akademnashr"ning
"Izlam" loyihasining navbatdagi taqdimoti bir so‘zga sig‘arlik qilib aytsak, yaxshi o‘tdi.
Har bir nashrga taqriz o‘laroq sahnaviy ko‘rinishlar, chop etilgan asarlarining mundarijasini aktyorlik mahorati bilan ixcham shaklda namoyon etmish yosh mualliflarning chiqishlari tomoshabinlarga kitoblar haqida bir qadar ma’lumot bera oldi.
Lekin sahna ishlariyu, qolgan barcha tashkiliy ishlar yoshlarning o‘zlariga tashlab qo‘yilganligi ayrim o‘rinlarda bilindi. Masalan, shoir Mansur Jumayevning xira fonda she’rining o‘ta qisqa qo‘yilishi (aslida oxirgi onlarda senariyni ma’lum sabablarga ko‘ra o‘zgartirishga majbur bo‘lishganligini zal to‘la tomoshabinga bittalab tushuntirib bo‘larmidi. Voholanki, marhum shoirning she’rlarini parda ortida turgan jon do‘stlari sahnada aytib chiqishsa ham ko‘ngillar tafti sal bosilardi), tadbirga taklif qilingan Ulug‘bek Hamdam, Bahodir Karim singari kunimizning so‘z egalari ikki og‘iz toshbosar fikrini aytish imkoni bo‘la turib, tengdosh-tengdoshga oq yo‘l tilab turishi taqdimotga kelgan ba’zilarga erish tuyuldi.
Ammo...
Bugunimiz uka-singillari o‘zlariga berilayogan imkoniyatdan foydalanishni uddasidan chiqishyapti. Birinchi kitoblaridan tortib, bugungidek navbatdagi asarlarini chop etib berayotgan nashrlarning xizmatini samarali, rejali qo‘llashyapti. Muhimi, ularning zamona va zamondoshlar uchun aytar gapi bor. Bu kitoblarning vaqt sinovlariga naqadar bardoshli ekanligini esa kelajak ko‘rsatadi.
@Nargiza_Asad