🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🆕 Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan talaba-yoshlarning qishki ta'tildagi vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 27-dekabrdan 5-yanvarga qadar onlayn fan olimpiadalari o'tkazildi.
✔️Fan olimpiadalari belgilangan reja-grafik asosida 11 ta fan sohasi bo'yicha tashkil etildi hamda olimpiadada institutda tahsil olayotgan va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazish istagidagi 1164 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
🏆Ishtirokchilarning 36 nafari eng yuqori ballarga ega bo'lgan bo'lsa, 79 nafari eng faol ishtirokchilar safidan joy olishdi.
❤️Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi telegram kanali:https://t.center/NamDPI_iqtidorli