Voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari ishtirokidagi YTHlar muhokama qilindi
Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Milliy Gvardiya inspektor-psixologlari bilan hamkorlikda Yangi Namangan tumanidagi 57-sonli umumtaʼlim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda o‘quvchilarga dastlab, viloyat hududida sodir etilgan YTHlar hamda mazkur avtohalokatlarda jabrlangan, vafot etgan o‘quvchilar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. So‘ng ushbu maʼlumotlar asosida tayyorlangan maxsus film namoyish etilib, barchaning diqqati mavzuga qaratildi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarga haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmay turib avtomashina boshqarishning ayanchli oqibatlari tushuntirildi va ogohlantirishlar berildi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube