💋💋💋💋💋💋💋💋💋💋💋💋💋💋💋🤩#𝖦𝖾𝗇𝗋𝖾: 𝖥𝖺𝗇𝗍𝖺𝗌𝗍𝗂𝖼 & 𝖣𝖺𝗋𝗄𝖱𝗈𝗆𝖺𝗇𝖼𝖾
👠#𝖱𝗈𝗅𝗅𝗌: 𝖩𝗎𝗇𝗀𝗄𝗈𝗈𝗄 & 𝖠𝗄𝗂𝗋𝖺
Jungkook Akiraning ko'zlariga egilib qaradiyu hech qanday ogohlantirishsiz qo'llarini uning belidan o'tqazgach dast ko'targancha shamol tezligida balkondan sakradi. Tasodifiy yuz bergan hodisadan esankiragan qiz bo'g'zidan yoqimsiz tovush chiqdi. Soniyalar ichida o'zini balandlikda ko'rgan qiz Jungkookning bo'yniga yopishdi, balandlikka bo'lgan fobiya sabab ko'zlarini chirt yumdi. Ikki qo'li beixtiyor yigitning bo'yni atrofida shiddat bilan o'raldi. Ko'p o'tmay yuzi va tanasiga urilayotgan shamolni sezgach sekin ko'zlarini ochgan Akira o'zini yigitning bag'rida himoyalangancha, shahar ustida uchyotganini ko'rdi. Tungi qorong'uda shahar chiroqlari osmondagi yulduz kabi miltillar, shahar esa qo'l bilan ezib tashlaydigan darajada kichik ko'rinardi. Akira nima bo'layotganiga tushunmay qichqirdi. Tomog'idan qirilib chiqqan tovush aks sado bo'lib osmondagi bo'shliqda yangradi. Har miyyasida paydo bo'lgan yerga qarash haqidagi hayollarni o'ylagan sari Jungkookning bo'ynidan yanada qattiqroq quchdi. Oyoqlari yerni his qilish istagi bilan uni so'kayotgandek go'yo. Yurak tomirlaridan to oyoq uchlarigacha qo'rquvdan titrardi. Ichidagi hayqiriq tashqariga chiqaolmay bo'g'zida tutqich bermayotgandek go'yo og'ir-og'ir yutunib qo'ydi.
🌶️𝖬𝖠𝖦𝖨𝖢𝖫𝖠𝖭𝖣 𝖥𝖠𝖭𝖥𝖨𝖢
𝖬𝖨𝖭𝖠𝖳𝖮𝖹𝖠𝖪𝖨 𝖠𝖪𝖨𝖱𝖠🌶️