#Saodatasrijavohirlari
💎
#Sahobalar
💠
USOMA IBN ZAYD ROZIYALLOHU ANHU
Usoma ibn Zayd haqlarida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Quraysh ahli Banu Mahzum urug‘iga mansub (o‘g‘rilik qilgan) bir ayolning taqdiriga qiziqib: “Bu xususda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga u zotning suyuklilari Usoma ibn Zayddan boshqa kim ham gapira olardi!” - deyishdi”.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Banu Mahzum urug‘iga mansub (Fotima ismli) bir ayol (birovning taqinchog‘ini) o‘g‘irladi. Shunda (Quraysh ahli): “Bu ayolning (qo‘lini kestirmang, deb) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kim gapira oladi?” - deyishdi. Ammo, u zotga gapirishga biror kimsa jur’at qilolmay, faqat Usoma ibn Zaydgina botinib gapira oldi. Janob Rasululloh (unga javoban): “Banu Isroil, agar oralaridan biror aslzoda kishi o‘g‘rilik qilsa, unga tegmaganlar va agar biror bechorahol o‘g‘rilik qilsa, uning qo‘lini kesganlar. Basharti o‘g‘rilik qilgan (o‘sha) Fotima (mening qizim) bo‘lganida ham, albatta qo‘lini kesgan bo‘lar edim!” - dedilar”.
Al jome'as_sahih
📚
@Musannif_uz 💠
Yaqinlarga ulashing ✈️