Смотреть в Telegram
#Mutolaadan Qadam bosgan sarim manzilimga yaqinlashish o'rniga xuddi uzoqlashayotgandekman. Juda charchadim. Charchaganimni unutish uchun o'zimni boshqa narsalar bilan chalg'ityapman. Lekin nimani o'ylasam ham, ko'z o'ngimda yozuvchining jumlalari gavdalanmoqda. Miyyamga o'rnashib qolibdi. Yozuvchi nafsning tilidan "G'amga botgan odam Allohni yod oladi" debdi. Men ham "Unday bo'lsa, g'am tashvish unchalik ham yomon narsa emas ekan-da?" deb o'ylab qoldim. Darhol o'zimni esga oldim. Eng ko'p g'amgin, mahzun bo'lgan paytida, boshiga bir mushkul tushgan paytda qo'llarini duoga ochadi. Biror istagi amalga oshmay qolsagina Allohga yolvorib, iltijo qiladi. Boshiga balo kelgandadagina lablari qimirlay boshlaydi. Unday bo'lsa, dardu balolar g'am-tashvishlar yomon narsa emas ekan-da? Bilmadim... Haqiqatdan ham boshimizga biror kulfat tashvish qandaydir yomon ish tushsa, tezda Allohga iltijo qilamiz yolvoramiz undan so'raymiz, duo qilamiz bu o'zi asli ibodat shunday emasmi? Alloh o'zini eslatish uchun ham sinov dard berar ekan bizga, asta sekin hayotimiz tekis emas o'nqir cho'nqirlardan iborat ekanini tushunib yetishni boshlaymiz shunday ekan dardi ko'payib ketgan dindoshim qalbi mahzun insonim Sabr toqatli bo'ling va nafsingizga qarshi doim sobit turishga harakat qiling (bu gaplarim avvalambor o'zimga o'z nafsimga tegishli)... mutolaada davom etmoqdaman sizlarga ham ulashishda davom etaymi? Men @Musannif_uz 💠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств