#JARAYON
Xabar berganimizdek, Nukus shahrida “Loyiha va qurilish tashkilotlarining reytinglarda ishtiroki hamda xatolari” mavzusida seminar tashkil etildi.
☺️ Maʼlumki, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi sohani raqamlashtirish faoliyatini olib boradi va markaz tomonidan yaratilgan platformalar orasida qurilish–pudrat tashkilotlari reytingi alohida ahamiyatga ega. Mazkur tizim inson omilisiz ishlaydi. Asosiy maqsad esa qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash hamda qog‘ozbozlik va korrupsiyaga chek qo‘yishdan iborat.
⚠️ Qurilish–pudrat tashkilotlari nima uchun reytingda ishtirok etishi zarur?
Maqsad qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasida yolg‘on va noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalishini oldini olish, shaffoflik va ishonchlilikni taʼminlash bo‘lgani bois ijtimoiy soha obyektlarini qurish istagidagi har bir tashkilot reytingda ishtirok etishi shart. Aholining xavfsizligini taʼminlash uchun ham ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktab, bog‘cha, yo‘l va suv inshootlari qurilishi hamda taʼmirlanishini munosib nomzodga topshirishda mazkur reyting ko‘rsatkichlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|
🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|