Смотреть в Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida 1,2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Toshkent viloyatining Qibray tumanida oʻtkazildi. Xususan, tumanning “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.M. xonadoni koʻzdan kechirilganda, isteʼmolchi issiqxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichsiz, yashirin yoʻllar bilan rezina shlang orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 259 million soʻmlik zarar hisoblandi. Holatga aloqador barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Avvalroq xuddi shu mahallada 288,6 mln soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilib kelgan issiqxona faoliyati fosh etilgandi. Nazorat tadbirlari davom etadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств