➡️ Tadbirkor ayollar bilan muloqot o‘tkazildi🔘 Joriy yilning 18-yanvar kuni Toshkent viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova ishtirokida viloyatdagi yirik tadbirkor ayollar bilan “Lider tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.✅Unda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Ibragimova ham ishtirok etdi. ✨ Tegishli tashkilot va vazirlik vakillari taklif etilgan mazkur ochiq muloqotda tadbirkor ayollarning faoliyatini kengaytirish va ular tomonidan yaratilgan mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish borasidagi fikr-mulohazalar o‘rganildi.
⭐️100 dan ortiq tadbirkor ayollar qatnashgan mazkur tadbirda yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlarhaqida ma'lumotlar berildi.🌐Veb-sayt | 📱MAVRID | 📱Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | ☎️Call-markaz