Смотреть в Telegram
O’yin falsafasi Hayot – katta o’yin. Ba’zida kuching qolmaydi, shartta bu o’yindan chiqib ketging keladi. Lekin nogoh miyangga kelgan bir fikr seni asrab qolishi, yashatib yuborishi ham mumkin: o’yin, o’yin, o’yin!! Sen ojizliging, qo’lingdan hech narsa kelmaydigan odamliging uchun o’zingni baxtsiz his qilmayapsan. Sen birovlarning o’yinida o’ynashga ko’nmayapsan shunchaki. Jimitdek paytimda tushunmay yozib qo’ygan bir satrim esimga kelyapti: “Yorug’lik bor joyda, quyosh bor joyda sham bo’lib yonishga rozi emasman”. Endi angladim, bu satr odam o’z-o’zining o’yinini yaratishi, boshqachasiga rozi bo’lmasligi haqida ekan. Ya’ni…tushunyapsanmi? O’yin ichida o’yin yarat o’zingga! O’yining qancha katta bo’lsa, zavqing shuncha baland bo’ladi. Sen yaratgan o’yinni buzmoqchi bo’layotganlarga “sen bilan o’ynamayman”, deb aytishga kuch top. G’olib, mag’lubliging emas, o’yindan oladigan zavqing muhim. Maydonni va o’yinchilarni ba’zan o’zgartirishingga, o’yin senga zerikarli tuyila boshlasa, tugatishingga to’g’ri keladi. Hech qisi yo’q, yangi o’yin, yangi zavq top. To’rt yashar o’g’lim har gal o’ziga o’yin o’ylab topadi, hammamizni boplab o’ynatadi ham. Eng katta baxtni ham, zavqni ham u tuyadi. Mazza qiladi. Dunyoni qo’llariga olib o’ynaydi. O’ylayman, biz ham 4 yashar paytimiz shunaqa bo’lganmiz balki, keyin unutganmiz. Iloji bormi-yo’qmi bilmayman, lekin o’g’lim shu o’yin falsafasini esidan chiqarmasligini juda xohlayman. @mehrnoz_abbos
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств