KREATIV SOHALAR KLASTERI TASHKIL ETILADI
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnat muhofazasi kolleji negizida 2025-yil 1-dekabrga qadar kreativ sohalar klasteri tashkil qilinadi.
Kreativ sohalar klasteri doirasida:
▪️brend-menejer;
▪️startap-menejer;
▪️raqamli marketolog;
▪️videograf-mobilograf ;
▪️animatsiya va grafik dizayneri;
▪️landshaft, interyer va ishlab chiqarish dizayneri;
▪️modelyer-dizayner hamda IT kabi
32 turdagi kreativ soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha ekspress kurslar tashkil etiladi;
✅ 300 ta tadbirkorlik subyektlarining
innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi va
1,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
Kreativ tadbirkorlikni boshlash va klaster ishtirokchilariga barcha zarur xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha
yaxlit ekotizim (oʻquv markazi, malakani baholash markazi, kovorking markazi, ofis maydonlari, koʻrgazma zali) yaratiladi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube