Смотреть в Telegram
Media kompaniya boshlang, afsuslanmaysiz! 2023-yil 5-May kuni shu videoni Instagram saxifamga joylagan edim. Ushbu videoda avval hamjamiyat keyin biznes boshlash eng samarali uslub ekanligini aytib o'tgandim. Bu fikrga kelishimga sabab, tahminan 3 yil avval biz Kvadratmetr degan YouTube kanal boshladik. Kvadratmetrni asosiy maqsadi, O'zbekistondagi yangi qurilish majmualari haqida qiziqarli kontentlar ulashib borish. Albatta bu loyihani tijoriy maqsadi bo'lgan. 1. Bu loyiha orqali Meraki agentligimizga lead jalb qilish. Masalan: Kvadratmetrga faqat quruvchilar murojat qilishadi. Ularga chiroyli video kontent qilib berganimizdan keyin, natijani ko'rishadi va o'z-o'zidan bizdan boshqa xizmatlarimiz haqida so'rashadi. Shu payt Meraki xizmatlarini taklif qilishimiz mumkin. 2. Meraki xizmatlaridan foydalanmagan taqdirda ham, har bir video, bizga yaxshigina daromad manbai bo'ladi. Masalan, qahvalar haqida YouTube kanal ochsangiz, va ma'lum bir auditoriyaga ega bo'lganingizdan keyin, sizga imkoniyatlar eshigi ochiladi. Qahvaxonalar bilan hamkorlik, o'z qahva brendingizni boshlash, yoki o'z qahvaxonangizni ochish. Nima demoqchiligimni tushundingiz. Shuning uchun avval media kompaniya bo'lib va uni orqasidan biznes boshlashingiz, eng to'g'ri marketing strategiyalaridan biri hisoblanadi. Omad! #xulosa @maqsadli_mijoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств