Смотреть в Telegram
50 - mavzu KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – TARAQQIYOT KAFOLATI Bu kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab qo‘yilganligi hamda so‘nggi olti yilda mamlakatimizda tubdan amalga oshirilayotgan islohotlar va taraqqiyotimizning kushandasi bo‘lgan korrupsiyaga qarshi izchil kurash boshlanganligidan dalolatdir. Yangi O‘zbekiston strategiyasining maqsadi korrupsiyadan xoli mamlakat barpo etish bo‘lganligi jamiyati¬mizni jipslashtiruvchi omilga aylanmoqda. Bu sohada ham jahonning ilg‘or tajribasi keng qo‘llanilayotganligining shohidi bo‘lmoqdamiz. Masalan, raqamli texnologiyalardan davlat xizmatlarida, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilayotganligi, uning profilaktikasini kuchaytirishga qaratilgan mexa¬nizmlar tobora rivojlanayotganligi va joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, BMTning Taraqqiyot dasturi bilan yaqin hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kura¬shish ishlarining samaradorligini rey¬ting baholash tizimini joriy etish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshiril¬moqda. Masalan, joriy yilda Korrupsiyaga qarshi kura¬shish agentligi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan treninglar va malaka oshirish kurslarida 220 dan ortiq mas’ul davlat xizmatchilarining malakasi oshirildi va ular xalqaro andazadagi standart sertifikatlarga ega bo‘ldi, 400 dan ortiq ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining ham malakasi oshirildi, uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Natijada 19 ta davlat tashkiloti, 1ta tijorat banki korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, mazkur sertifikat mamlakatning xalqaro reytinglarida ustuvor ahamiyat kasb etib, uning investitsion jozibadorligini va investorlar kirib kelishini ta’minlaydigan muhim omillardan hisoblanadi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturining qo‘shma tashabbusi bilan «O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rolini oshirish uchun fuqarolik makonini, ayollar va yoshlar ovozini mustahkamlash» loyi-hasi muvaffaqiyatli amalga oshiril¬moqda. Ushbu loyihaning asosiy maqsadlaridan biri fuqarolik institutlari, ayollar, nodavlat, notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy hamjamiyatlardan iborat korrupsiyaga qarshi fuqarolik makonini yaratish orqali jamiyatda halollikka bo‘lgan ta¬labni shakllantirishdan iborat. Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi. Aynan yoshlarda korrupsiyaga qarshi nafrat va toqatsizlik uyg‘otish maqsadida ushbu xalqaro loyihada halollikni targ‘ib etish va ularning ongiga singdirish maqsadida joriy yil 28-iyun kuni «Yoshlar halolligi kuni» tadbiri tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi «Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga binoan, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshi¬rilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash bo‘yicha metodika tasdiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash elektron platformasi va baholash tizimi ishlab chiqildi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств