Смотреть в Telegram
45-mavzu MAG‘RUR HILPIRAYVЕR, YURTIM BAYROG‘I! Har bir xalq, millat uchun o‘z Vatanining ramzlari muqaddas hi-soblanadi. Boisi, ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlari o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, madhiya, gerb va bayroq bizning milliy ramz¬larimizdir. Bugun O‘zbekiston farzandla¬rining san’at, madaniyat, fan va sport bo‘yicha xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari va ular sha’niga madhiyamiz yang¬rab, davlatimiz bayrog‘ining mag‘rur hilpirashi har qanday millatdoshimizning ko‘zlarida faxr va quvonch yoshlariga sabab bo‘lmoqda. Ajdodlariga munosib voris sifatida voyaga yetayotgan yosh avlodga qarata «Baraka top, otangga rahmat, bizning ishonchimiz, ertamiz egalarisiz», deya hayqirgimiz keladi. Yurtimiz istiqlolga erishgach, uning davlat sifatida shakllanishida davlat ramzlari ham zarur edi. Shu bois mamlakat arboblari, siyosatchilari, olimlari oldida uning ramzlari ustida bosh qotirish kabi muhim masala ko‘ndalang turar edi. Izlanishlar va o‘rganishlardan so‘ng bayrog‘imiz, gerbimiz va madhiyamizning loyihalari ishlanib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Shunday qilib, 1991-yil 18-no¬yabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bayrog‘imiz va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi hayot ramzi. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroq¬da oq rang muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil rang esa vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi hamdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’anala¬rimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning 12 yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Bayrog‘imiz jonajon o‘lkamiz dunyoda xalqaro hamjamiyatning tenglar ichra teng a’zosi ekanligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi. Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Ayniqsa, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Shuningdek, yurt tinchligi va osoyishtaligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga bel bog‘lagan har bir Vatan himoyachisining O‘zbekiston Res-publikasi davlat bayrog‘i oldida Vatanga qasamyod qabul qilishida ham ramziy ma’no bor. Bugun yurtimiz bo‘ylab deyarli barcha hududlar markazlarida eng yuksaklikda hilpirab turgan davlatimiz bayrog‘ini ko‘rishimiz mumkin. Bu ham bo‘lsa milliy ramzimizga bo‘lgan hurmat va e’tibor belgisidir.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств