Смотреть в Telegram
№ 44 O‘ZARO DO‘STLIK, YAXSHI QO‘SHNICHILIK – TINCHLIK GAROVI Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir insonga, millati, tili va dinidan qat’i nazar, e’tibor bilan qarash, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, saxovat qo‘lini cho‘zish – davlatimiz hamda jamiyatimizning asosiy vazifasi va bosh mezonidir. Turli millat va diniy e’tiqodga mansub odamlar yuz yillar mobaynida bir oila kabi inoqlikda yashagani, eng muhimi, bu qadriyat ularga yoshlikdan har xil ko‘rinishdagi tarbiya usullari yordamida singdirilgani tarixdan ma’lum. Asrlar davomida turli-tuman din, madaniyat va turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarning birgalikda yashash va hamkorlik markaziga aylangan O‘zbekiston buning inkor etib bo‘lmaydigan tasdig‘ idir. Ular yelkama-yelka mehnat qilgan, qo‘shnichilik an’analarini rivoj lantirgan, quda-andachilik rishtalari bilan bog‘langan. Bularning barchasi sharqona tar biya natijasi, yurtimizda qaror topgan islom dinining bag‘rikenglik tamoyili samarasidir. Bag‘rikenglik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish, millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlikni, teng huquq va erkinliklar berish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash avvalboshdan O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘na lishlaridan biri bo‘lib kelyapti. Bugungi kunda hur va obod o‘lkamizda 130 dan ortiq turli millat va elat hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladi. Ta’lim tizimi 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz va Turkman tillarida olib boriladi. Eng muhimi, shu maktablar uchun darslik va qo‘llanmalar mamlakatimizning o‘zida tayyorlanib, chop etiladi. Yurtimizda o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va inoqlik hamisha qadrlangan. Zero, nafaqat oilalar, balki mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va do‘stona munosabatlar har qanday nifoqqa chek qo‘yadi. Mushtarak maqsadlar esa el-u yurtni taraqqiyotga, farovonlikka boshlaydi. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston qadimdan yonma-yon yashagan turli xalqlar,madaniyat va dinlar vakillarining aynan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari mintaqamizning madaniy rivojida muhim omil bo‘lgan. Bu an’ana bugun ham davom etib, turli millat va elat vakillari mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida hamjihat bo‘lib harakat qilayotgani ko‘pchilik uchun ibratdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari nafaqat jug‘rofiy hamda geosiyosiy jihatdan bir-biriga yaqin, balki yagona madaniyat va sivilizatsiya Makoni hamdir. Bu yerda istiqomat qiluvchi xalqlarni umumiy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, mushtarak an’ana va urf-odatlar, yagona tarix bog‘lab turadi. O‘zbekiston bugun yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik tamoyillariga tayangan holda faol va pragmatik siyosat olib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi tufayli mintaqa mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik aloqalari jadal sur’atlarda rivojlanib boryapti. Yurtboshimizning qo‘shn mamlakatlarga amalga oshirgan davlat va amaliy tashriflari davomida, shuningdek,turli xalqaro sammitlar doirasida qo‘shni mamlakatlar rahbarlari bilan muntazam ravishda o‘tkazib kelayotgan muloqotlari samarasi o‘laroq, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida Markaziy Osiyoda prinsipial jihatdan mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi. Strategik sherik davlatlar safi kengaydi. Mintaqadagi barcha mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechimi faqat do‘stlik, hamjihatlik va xalqaro muammolarga yagona pozitsiyada yondashuvga bog‘liq ekanini davlatimiz rahbari shunday e’tirof etgandi: «Hamma qo‘shnilar bilan biz do‘st bo‘lamiz.Boshqa niyatimiz ham yo‘q. Albatta, ko‘p-ko‘p muammolar bor, lekin odamzod shuning uchun, rahbariyat shuning uchun borki, bu muammolarni aql bilan, iroda bilan, vazminlik bilan ye chish kerak... Har bir davlatning o‘z niyati, o‘z xalqi, o‘z istaklari bor. Shuning uchun biz do‘stlik nuqtai nazaridan, samimiylik nuqtai nazaridan, birodarlik nuqtai nazaridan qo‘shnilarimiz bilan faqat do‘st, do‘st va yana bir marta do‘st bo‘lamiz».
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств