38-mavzu
O‘zbekiston – jahon turizmining istiqbolli yo‘nalishi
So‘nggi yillarda O‘zbekis¬tonda ham turizm yaxshi rivoj¬lanmoqda. Buyuk Britaniyaning «Gardian» gazetasi O‘zbekistonni dunyoda oxirgi yillardagi eng yaxshi turistik yo‘nalish, deya e’tirof etdi. Butunjahon turizm tashkiloti esa turizm sohasida eng tez o‘sayotgan mamlakatlar ro‘yxatida yurtimizga to‘rtinchi o‘rinni munosib ko‘rgan. Respublikamizda turizmni rivojlantirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab davlat fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilindi. Bundan tashqari, elektron viza rasmiylashtirish imkoniyati joriy etilib, viza olish soddalashtirildi. Qo‘shimcha ravishda, «Vatandosh», «Talaba», «Akademik», «Ziyoratchi» va «Tibbiyot» viza turlari joriy etildi.
O‘zbekiston Lonely Planet versiyasiga ko‘ra, Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingiga kiritildi. Gastronomik turizm bo‘yicha yurtimiz MDHning eng ommabop davlatlar beshtaligiga kiradi. Xavfsiz mamlakatlar reytingida Respublikamiz ikkinchi o‘rinni egalladi.
Yana bir muhim jihat, yurtimiz sayyohlikning turli yo‘nalishlari rivoji uchun muhim asosga ega. Masa¬lan, muqaddas qadamjolarni ziyo¬rat qilish hamda diniy turizmni o‘z ichiga olgan ziyorat turizmi istiqboli uchun hozirgi paytda O‘zbekistonda 7,3 mingdan ziyod madaniy meros obyektlari mavjud. Yoki tog‘ turizmini olaylik. Chimyon, Zomin, Bo‘stonliq... Har biri o‘z fusunkorligiga ega yana ko‘plab tog‘la¬rimiz sayyohlik rivoji uchun muhim manbadir.
Xuddi shunday ajo¬yib va noyob taomlari bilan sayyohlarni lol qoldiradigan O‘zbekiston gastronomik turizmda ham peshqadam. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy turizm, ekologik turizm, ishbilarmonlik turizmi, geoturizm, jip-turlar ham mamlakatimizda rivojlanayotgan istiqbolli yo‘nalishlardir. Sport, salomatlik, suv tu¬rizmi, qishloq xo‘jaligi tu¬rizmi rivojlanishi uchun ham sharoitlar yaratilmoqda.
Tan olish kerak, sayyoh o‘z xavfsizligi ta’minlangan, tinch va osoyishta davlatgagina boradi. Bu borada O‘zbekistonda e’tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirildi. Xususan, IIV tizimida Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Ayni paytda sohaviy xizmat xodimlari joylarda tu¬ristlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash barobarida, sayyohlarga nisbatan huquqbuzarlik yoki ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Zarur hollarda ularga huquqiy, ijtimoiy yordam berishyapti.
Joriy yilning 26-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlan¬tirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida bu borada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, turizm va unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda turistlar uchun jozibador bo‘lgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyihani boshlash zarurligi ta’kidlandi.
Misol uchun, Namanganda ishga tushirilgan «Afsonalar vodiysi», Bo‘stonliqdagi «Amirsoy majmuasi»da barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Lekin Chimyon, Amirsoy yoki Zomindek dongdor bo‘lmasa-da, salohiyati hali ishga solinmagan turistik manzillar yurtimizda juda ko‘p. Ma¬salan, Boysunda joylashgan, Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblangan Boybuloq yoki neandertal odam qoldig‘i topilgan Teshiktosh g‘ori haqida ko‘pchiligimiz eshitganmiz, kitoblarda o‘qiganmiz. Biroq hamma ham u yerlarga borib, manzarani o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan. Yoki Darband darasi, qadi¬miy ellin madaniyati yodgorligi – Uzundara qal’asini butun dunyodan keladigan sayyohlarga boricha ko‘rsatilsa, mamlakatimizga qan¬cha valyuta kirib kelishini tasavvur qilib olavering.