Смотреть в Telegram
22-mavzu Ma’naviyat va ma’rifat darsi O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar. Abdulla QODIRIY. Oltin sandig‘im Har bir millatning tili uning bebaho qadriyati hisoblanadi. Bu jihatdan qaraganda, muayyan tilda so‘zlashadigan millat vakillarining soni u qadar muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiy mezon tilning asrlar davomida sayqallanib, shakllangani, muayyan hududda yashaydigan aholiga muomala, muloqot vositasi sifatida xizmat qilgani bilan belgilanadi. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Muta-xassislarning fikricha, jahon ahli bugungi kunda yetti mingdan ziyod tilda gaplashar ekan. Buni qarangki, ularning faqatgina 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Biror-bir tilning yashab qolishini ta’minlash uchun undan kamida bir million kishi faol foydalanishi kerak, deydi soha mutaxassislari. Ko‘z tegmasin, bugungi kunda Yer yuzida 50 millionga yaqin inson o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bebaho tilimiz dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotir. O‘z navbatida «Davlat tili haqida»gi qonun ona tili¬mizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Vatan – bu... Vatan nima? Ko‘pchilik bu savolga «Vatan – bu mustaqillik, kindik qoni to‘kilgan zamin», – deya javob berishadi. Men esa «Vatan – bu mening ona tilim», deyman. Chunki yurtimiz hurligi yo‘lidagi harakat mustaqillikdan oldinroq boshlangan. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Mustaqillikning muhim shartlaridan biri ham shu edi. Keyinchalik bu Kons¬titutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yildi. Tan olish joizki, mamlakatimizda barcha sohalardagidek, davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish borasida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida «Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimizning qoidasiga aylantirishimiz lozim», deya alohida ta’kidlaganlar. Zero, davlat tilining taraqqiyoti, uning nufuzini oshirish, unga teran muhabbat va ehtirom tarbiyasi borasida ham tamomila yangi bosqich boshlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zla¬gani barcha yurtdoshlarimiz qalbiga cheksiz g‘urur, faxr bag‘ishladi. «Davlat tili haqida»gi qonun o‘zbek tilini ilmiy asosda rivoj¬lantirish borasida keng imkoniyatlar yaratdi, uning qo‘llani¬lish doirasini kengaytirdi. Mazkur qonun mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega ekanligini belgilash bilan birga, boshqa tillarning kamsitilmasligini ham e’tiborga oladi. Ushbu hujjat ona tilimizning mavqei oshi¬shi va ravnaq topishi, yanada takomillashuvi uchun huquqiy asos bo‘ldi. Ma’rifatparvar bobomiz aytganidek... YUNЕSKO tomonidan e’lon qi¬lingan «Yo‘qolish arafasida turgan dunyo tillarining atlasi»da ta’kidlanishicha, Yevropadagi 50 ta, Tinch okeani hududidagi 2000 ta, Afrika qit’asidagi 250 ta til halokat arafasida turibdi. Asr oxirida Yer yuzida mavjud bo‘lgan tillarning yarmi yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Albatta, butun boshli tilning yo‘qolib ketishiga muayyan omillar sabab bo‘ladi. Masalan, buni globallashuv jarayonlari va urbanizatsiya hodisasining kucha¬yishi bilan bog‘lashmoqda. Ularning safiga ilm-fan, texnika rivojini ham qo‘shish mumkin.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств