Смотреть в Telegram
13-mavzu ELЕKTRON DAVLAT XIZMATLARI Inson hayoti davomida turli masalalar yuzasidan davlat organlariga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Tan olish kerak, bunday holat ko‘pchilikka ma’qul kelmaydi. Axir, ertalabdan ishxonangizdan ruxsat so‘rab bir idoraga borsangiz-u, u yerda uzundan-uzun navbatni ko‘rsangiz, bu kimga ham yoqadi? Yana qog‘ozbozlik, tanish-bilishchilik tufayli asabingiz buzilib, yarim kun vaqtingiz o‘tib ketsa-da, ishingiz bitmasa, bundan yomoni bo‘lmasa kerak. Uzoq emas, bundan 5-10 yil oldingi vaziyatni bir yodga oling. Qaysidir viloyatning bir tumanidan poytaxtdagi oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun yo‘lga chiqqan abituriyent qanday sarsongarchiliklarni boshidan o‘tkazardi? Borish, tunab qolish, agar hujjatlarida kamchilik bo‘lsa yana ortga qaytish... Test imtihonini topshirib, 10-15 kundan keyin yana poytaxtga kelib, o‘qishga kirgan-kirmaganini bilish uchun shaharning qaysidir bir burchidagi maktab hovlisiga osilgan e’lonni topish... Yoki gaz, yoki elektr energiyasi to‘lovini to‘lash uchun ertalabdan sarg‘ayib navbat kutishlar... Xayriyatki, bunday kunlar tarixga aylandi. Bugun abituriyent uyidan chiqmasdan respublikamizdagi xohlagan oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishi, o‘qishga kirgan-kirmaganini ham uyida telefon orqali bilishi mumkin. To‘lovlar ham shunday: idoraga borish shart emas, uydan yoki ishxonadan turib kommunal to‘lovlarni to‘lash imkoniyati yaratildi. Xullas, ayni paytda odamlar emas, hujjatlar aylanishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Elektron davlat xizmatlari jadallik bilan rivojlanib, xalqning uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘lmoqda. 2017 yilda Prezidentimiz tashab busi bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini tubdan isloh etish sari dadil qadam qo‘yildi. Uning asosiy vazifalari etib, byurokratiya va korrupsiyaning oldini olish, fuqarolarning davlat idoralari vakillari bilan aloqasini kamaytirish etib belgilandi. Vaqt o‘tishi bilan tizim takomillashdi. Ayni paytda mamlakatimizda 200 dan ziyod DXM ishlab turibdi. Davlat xizmatlari markazlari bugungi kunda 200 dan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali esa 253 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Davlat xizmatlari agentligi servis sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligini ta’minlash, sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy monitoring olib borayotgani jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarali faoliyat yuritishida muhim omil bo‘lmoqda, deyish mumkin. Xo‘sh, bugun elektron davlat xizmatlari hayotimizda qanchalik rol o‘ynamoqda? Elektron davlat xizmatlarining yo‘lga qo‘yilishidan va rivojlanishidan kim ko‘proq manfaatdor: davlatmi yoki xalq? Aytish kerakki, pandemiya davrida masofadan ishlash bilan birga, davlat xizmatlariga bo‘lgan talab ham oshdi. Ko‘p davlat tashkilotlari tomonidan talay xizmatlar tezkorlik bilan amalda joriy qilindi. Ya’ni davlat xizmatlarini masofadan turib olish imkoniyati yaratildi. Demak, elektron xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, raqamlashtirish siyosatini har bir jabhaga yo‘naltirishning imkoni bor.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств