Смотреть в Telegram
10-mavzu «YASHIL MAKON» UMUMMILLIY HARAKATI Ota-bobolarimiz ham «Birni kessang, o‘nni ek», deya bejiz ta’kidlamagan. Bu maqolning mohiyatida shunchaki nihol ekib, bog‘ yaratish emas, balki bizni o‘rab turgan olamdagi yashillikni saqlashdek ezgu maqsad mujassam. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun biz tabiatga mehr va e’tibor be¬rishimiz, u bilan uyg‘un bo‘lib yashashimiz kerak. Bu nima degani? Bu – tabiatni asrash suv resurslarini tejash, isrof qilmaslik, ekologik tizimni barqarorlashtirish, daraxt ekib, bog‘ yaratish degani. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida texnika va texnologiya, sanoatning yuqori sur’atlarda rivojlanib, tabiatga nisbatan inson omilining ortishi ekologiyaga sezilarli darajada salbiy ta’sir o‘tkazayotgani hech birimizga sir emas. Bu jarayonlar bir osmon ostidagi mamlakatlar qatorida, bizning yurtimizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Dunyoda sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlarining oqibatlari har bir davlatni «yashil taraqqiyot» hamda «yashil iqtisodiyot» tamoyillariga monand harakatlarni amalga oshirishga da’vat etmoqda. Prezidentimizning «Respublikada ko‘kalamzorlash¬tirish ishlarini jadallashti¬rish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, yurtimizda daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasining joriy etilishi bu borada tizimli ishlarning yanada keng quloch yoyishiga xizmat qildi. O‘tgan yili yurtimizda kuz mavsumining «dolzarb 40 kunligi»da ko‘plab hudud va tarmoq rahbarlari, mahallalar, aholi, fermer-dehqonlar, umuman keng jamoatchilik jonbozlik ko‘rsatib, 85 million dona daraxt ko‘chatlari ekildi. Joriy yilning 2-fevral kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida keng hududlardagi ekologik holatni yaxshilash hamda «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha joriy yildagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ushbu umummilliy harakatdagi ustuvor vazifalardan biri – joriy bahor mavsumida 125 million dona daraxt ko‘chatlarini ekishni samarali tashkil etishdan iborat. Har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab, ularni yetarli miqdorda yetishtirish uchun ko‘chatxonalarni ko‘paytirish masalasi alohida e’tiborda. Bunda tegishli tartibda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan «daf¬tarlar»ga kirgan, ko‘chat ekish bo‘yicha tajribasi bor aholiga ko‘chatxonalar tashkil etish va zarur texnika, sifatli nihollar va urug‘lar xarid qilish, ko‘chatlar yetishtirish uchun subsidiyalar ajratish ham ko‘zda tutilgan. Ko‘chatlarni yetkazib berishda ochiq-oshkoralikni ta’minla¬gan holda, ularning narxi asossiz oshib ketmasligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish belgilab qo‘yilgan. Shu¬ningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo‘llarning chetlariga 1,5 million dona daraxtdan ihotazorlar tashkil etish rejalashtirilgan. Yurtimizning shahar-u qishloqlarida ko‘klam nasimlari esib, allaqachon bahor darakchisi boychechaklar bo‘y ko‘rsatib ulgurgan ayni damlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlandi. Mehnatsevar xalqimiz ona zaminimizga nihol qa¬dab, bog‘-u rog‘ barpo etish, uning har go‘shasini yashillikka burkashdek ulug‘ maq¬sad yo‘lida birlashdi. Bugun yurtimizda yetti yoshdan yet¬mish yoshgacha bo‘lgan insonlar mazkur umummilliy loyihasida ishtirok etmoqda. Korxona-tashkilot, sektor hududlari, maktabgacha ta’lim dargohlarida ham ushbu tadbir uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств