Смотреть в Telegram
6-mavzu «BOBURNOMA» – ADABIY VA TARIXIY ASAR XV – XVI asrlarda Movarounnahr, Xuroson va Hindiston hududida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, tarixiy voqealarni o‘rganishda bu asarning qiymati beqiyosdir. Shuning barobarida, asar Boburning buyuk zamondoshlari Alisher Navoiy, Kamoliddin Binoiy, Kamoliddin Behzod kabi madaniyat arboblari, Husayn Boyqaro, Muhammad Shayboniy kabi taxt egalari, umuman, o‘sha davr o‘zbek xalqi tarixining katta-kichik shaxsiyatlari va ularning o‘zaro muloqotlari haqidagi muhim manbadir. Shu jihatdan «Boburnoma» adabiyotshunoslikdagi tazkira asarlarga xos jihatlarga ega ekanligini ta’kidlash joiz. Bobur Husayn Boyqaro, Shayboniyxon haqida yozar ekan, ularning badiiy mahorati, ijodkorlik san’atlari borasida muhim ma’lumotlarni qayd etadi. Hazrat Alisher Navoiyning ma’naviyat, ijod ahliga murabbiylik va muqavviylik qilgani, sakkiz de¬von tuzgani, fe’li-sa’jiyasi borasida fikr-mulohazalarini bayon etadi. Bunday chizgilarda Bobur munaqqid sifatida bo‘y ko‘rsatadi. Jahon adabiyotida esdaliklar tarzida yozilgan bir qator asarlar bor. Lekin «Boburnoma» memuar janrining dunyo tafakkur ahli tomonidan e’tirof etilgan eng nodir namunalaridan biridir. Keng ko‘lamdagi tarixiy voqelik yoritilgan asarlar ham ko‘p, ammo «Boburnoma» tari¬xiy voqelik muallifning teran mushohadalari bilan yo‘g‘rilgan betakror manba hisoblanadi. Tarixiy shaxslar, narsa-hodisalar tavsifiga bag‘ishlangan asarlar ham yo‘q emas, lekin «Boburnoma»da shaxs surati va siy¬rati yorqin chizgilarda tasvirlangan, narsa-hodisalar tavsifi nozikta’b qalb sohibi bo‘lgan daho mutafakkir talqini orqali namoyon bo‘lgan. Bobur siyrati, tafakkuri, qiziqishlari, orzu-armonlari, zafar va mag‘lubiyati, kuch-qudrati hamda ojizligining haqqoniy ifodasi asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlagan. Ingliz tarixchisi Elfinston ta’kidlaganidek, «muallifning yorqin xarakteri asarga eng ko‘p joziba bag‘ishlaydi». Asar voqelikning o‘ta sinchkov, teran aql-idrok, chuqur bilim, tengsiz xotira sohibi bo‘lgan muallif shuuri orqali bayon etilishi asar matniga betakrorlik baxsh etgan. Bobur voqelikni boricha tasvirlaydi, shaxslar qiyofasi, fe’l-atvorini ro‘y-rost aks ettiradi, ojizligi, notavonligi-yu bemisl ruhiyatini ham bayon etadi. O‘zi ta’kidlaganidek, har yaxshilikni va har yomonlik¬ni – haqqoniy tarzda bayon etadi: «Lojaram ota-og‘adin har yaxshilik va yomonlig‘kim shoye’ edi, tahrir qildim va qarindosh va begonadin har ayb hunarkim bayoni voqe’ edi, tahrir ayladim». «Boburnoma»da tarixiy voqelik o‘z aksini topgan. Toj-u taxt talashlari, jang tasviri mazkur jarayon ishtirokchisining bevosita kuzatishlari asosida yozilgan. Shu bois asarda boshqa manbalarda kuzatilmaydigan chizgilar, izohlar uchraydi. «Boburnoma»da aks etgan tarix mol-mulk, saltanat uchun behuda kurash olib borilgani, hayot ziynati, qadr-qimmati anglanmagani, jang-u jadallar inson uchun berilgan qisqa umrning behuda sovurilishidan boshqa narsa emasligini ko‘rsatib berdi. Urush har qanday zamonda ham insoniyat boshiga balo keltirishi, yosh umrlarning xazon bo‘lishi, yurtning xonavayron, el¬ning shikasta bo‘lishini namoyon etadi. Shoir o‘zgalarga mehr-muhabbat ko‘rsatadi, o‘zi ham mehr ko‘rishni istaydi, o‘zgalarga yaxshilik tilaydi, kezi kelganda unga ham yaxshilik qilishlaridan umidvor bo‘ladi. Boshqa bir o‘rinda bu olamda yaxshilikning kamyob ekanligiga, har kim ham yaxshilik qilavermasligiga, har kimdan ham yaxshilik kutish lozim emasligiga amin bo‘ladi. «Boburnoma»dagi har bir tasvirda Boburning nozik tabiati, ta’sirchanligi o‘z ifodasini topgan. Bir gal Bobur qo‘shinidan ketgan 26 nafar begi¬ning nomini qayd etadi va iztirobini yashirmaydi: Manga bisyor dushvor keldi, beixtiyor g‘alaba yig‘ladim. Qalloshlik (shuhratsizlik, e’tiborsiz¬lik)dan ozorlangan va xorlik tortgan, sargardon kezishdan charchagan Bobur bosh olib itmak (yo‘qolmoq)ni istaydi: Dedimkim, mundoq dushvorliq bila tirilguncha, bosh olib itsam yaxshi. Mazkur iborada ruhiy toliqish, bevafolik va xiyonatdan azoblanish, barcha noxushliklardan ko‘z yumish tuyg‘ulari aks etgan.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств